Jahon | 11:24 / 28.08.2018
14680
2 daqiqa o‘qiladi

Makkeynning vidolashuv maktubi e'lon qilindi

Foto: Getty Images

Senator Jon Makkeynning sobiq maslahatchisi va do‘sti Rik Devis amerikalik siyosatchining xalqqa vidolashuv maktubini e'lon qildi. Maktubning to‘la matni NBC News tomonidan keltirilgan.

«Biz o‘zida nafrat, haqorat va yer sharining barcha burchaklarida zo‘ravonlikka ega bo‘lgan ibtidoiy raqobatni vatanparvarlik bilan chalkashtirib, o‘z buyukligimizni yo‘qotmoqdamiz. Biz devorlar orqasida yashirinib, uni kuchsizlantirmoqdamiz. Aksincha, ularni yo‘q qilish kerak. Bunda o‘zimizning ideallarimiz kuchiga shubha qilishimiz va u har doim bo‘lib kelgan o‘zgarishlar buyuk kuchi bo‘lishiga ishonmasligimiz sababdir», - deyiladi maktubda. 

Senator amerikaliklarni mamlakat oldida turgan qiyinchiliklar tufayli umidsizlikka tushmaslikka va Qo‘shma Shtatlarning buyuk kelajagiga ishonishga chaqirdi. Makkeynning o‘z maktubida ta'kidlashicha, qilgan xatolaridan afsusda, biroq, mamlakatga bo‘lgan muhabbati ulardan ustun kelishiga umid qiladi.

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, hayotining bir kunini ham boshqa birov hayotining eng yaxshi kuniga almashtirmaydi. «Amerikaliklar hech qachon tark etmaydi. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz, tarixdan yashirinmaymiz. Biz tarixni yaratmoqdamiz. Alvido, amerikaliklar, Yaratganning o‘zi sizlarni va Amerikani asrasin», - deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makkeyn Bush va Obamaga o‘z dafn marosimi bo‘yicha iltimos bilan chiqqani ma'lum bo‘lgandi. 

Mavzuga oid