Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meyvezer Nurmagomedov bilan jangdan oldin Makgregorga yordam taklif qildi
Boks bo‘yicha 5 vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer irlandiyalik Konor Makgregorga rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘zining mashg‘ulot zalini taqdim etadi. Bu haqda u tmz.com’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Konor orqaga chekinmaydi, u mag‘lubiyatdan cho‘chiydigan qo‘rqoq jangchi emas. Men bilamanki, UFC’da mashg‘ulotlar uchun joy bor, lekin Makgregor Las-Vegasdagi mening boks zalimda tayyorlanishini xohlayman», - deya ma'lum qildi Meyvezer.
Bundan tashqari, u irlandiyalikning Nurmagomedov bilan jangi natijasini taxmin qila olmasligini, sababi hech qachon rossiyalikning janglarini ko‘rmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. «Mening bilganim, Habib - kuchli kurashchi. Ammo, avval aytganimdek, Makgregor ham - juda qattiq raqib», - deya xulosa qilgan bokschi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov UFC’ning amerikalik jangchisini maxluq deb atagandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024