Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiya chempioni doping iste'mol qilganini tan oldi

Foto: Getty Images
Seuldagi 1998 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Kristian Shenk taqiqlangan preparatlar iste'mol qilganini tan oldi.
«Men avval taqiqlangan moddalar iste'mol qilmaganim haqida aytardim, ammo keyinchalik qonuniy nuqtai nazardan nisbatan ehtiyotkor pozitsiyaga o‘tdim va taqiqlangan narsani bila turib, atayin iste'mol qilmaganimni aytdim. Har ikkalasi ham yolg‘on edi. Tushlik vaqtida sportchilarning likopchalarida biz Smarties deb atagan tabletkalar bo‘lardi. Biz ularni qabul qilganmiz, ammo nima iste'mol qilayotganimizni aniq bilmas edik.
Dopingni yangi darajaga olib boradigan yo‘l sifatida qabul qilardim. Sen tabletkalarni olishing bilan, bu senga terma jamoada ishonishayotgani va yaxshi natijalarni kutishayotganini anglatar edi», - deya Shenkning so‘zlarini keltiradi Bild.
GDR sharafini himoya qilgan 53 yoshli Shenk 1998 yilgi Olimpiada o‘yinlarida o‘nkurashning yengil atletikasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi

12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

23:34 / 26.05.2025
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi

17:21 / 26.05.2025