O‘zbekiston | 11:13 / 30.08.2018
51836
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkilamchi bozorda kvartiralar narxi qancha? (to‘liq ro‘yxat)

Ikkilamchi bozordagi eng qimmat kvartiralar Toshkent shahrida – g‘ishtli kvartiralarning o‘rtacha narxi 705 dollar/kv. metr, panel kvartiralar narxi 570 dollar/kv. metr. Eng arzon kvartiralar Jizzaxda g‘ishtli kvartiralarning o‘rtacha narxi – 191 dollar/kv. metr va Qoraqalpog‘iston Respublikasida panel kvartiralar narxi – 186 dollar/kv. metr.

«OLX Ko‘chmas mulk» tahliliy ma'lumotlariga asosan, ekspertlar ikkilamchi bozordagi kvartiralarning o‘rtacha narxlarini xisoblab chiqishdi. Toshkent shahridan keyin kvartira sotib olish Samarkandda qimmatroq – g‘ishtli kvartiralar 505 dollar/kv. metr va panel kvartiralar 465 dollar/kv. metr.

Ikkilamchi bozordagi g‘ishtli kvartiralarning o‘rtacha narxi (sh.b.):

Ikkilamchi bozordagi panel kvartiralarning o‘rtacha narxi (sh.b.):

Shu vaqtning o‘zida, Toshkentdagi eng qimmat kvartiralar Mirobod tumanida, eng arzoni esa Bektemir tumanida bo‘lib, tegishli ravishda 1 kv.metr uchun 814 dollar va 420 dollarni tashkil etadi.

Iyul oyida ikkilamchi bozorda eng ko‘p sotilgan kvartiralar 2 va 3 xonali bo‘lib, ularning ulushi tegishli ravishda 37 foiz va 32 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eng yuqori ish haqiga ega bo‘lgan Top 5 soha ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid