Jamiyat | 18:08 / 30.08.2018
9246
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda deputat tashabbusi bilan bekatlarda kitob javonlari o‘rnatilmoqda

Insonning do‘stlaridan biri kitob hisoblanadi. Uni mutolaa qilishning foydali jihatlari ko‘p. Zamonamiz olimlari buni isbotlashgan. Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti tadqiqotchilari asablarni tinchlantirish uchun eng foydali ish - kitob mutolaa qilish ekanligini aytishgan. Mutolaa qalbni yumshatadi, miya faoliyatini yaxshilaydi. Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko‘rinishini ham go‘zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o‘z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi.

Shularni anglagan holda, O‘zbekistonda ham kitob mutolaasi targ‘iboti bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Hatto mamlakat prezidentining 2017 yil 13 sentabr kuni PQ-3271 sonli «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori ham qabul qilindi.

Mazkur siyosatni anglagan holda, Namangan viloyatida ham deputat va tadbirkor Ma'rufjon Mo‘minov insonlarni kitobga qiziqtirish bo‘yicha o‘zining yangicha qarashini joriy qildi. 

«Namangan kitob olami» MChJ rahbari va «Ma'rifat kitob olami» hayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi bo‘lgan Ma'rufjon Mo‘minov bilan suhbatlashdik. U kishining tashabbusi bilan bekatlarga qo‘yilayotgan kitob javonlari haqida ma'lumotlar yig‘dik. Tashabbuskor deputat bu ishlarni qilishdan asosiy maqsadi nima ekanligi, g‘oya qanday paydo bo‘lgani, kelgusi rejalari va boshqa berilgan bir qator savollarga javob berib o‘tdi.

Mavzuga oid