Jamiyat | 01:30 / 30.08.2018
9282
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyat IIB aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi aholining ichki ishlar organlariga nisbatan fikrini o‘rganish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlar orqali ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda. Bu haqda Kun.uzʼga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad — aholining viloyat ichki ishlar organlari faoliyatiga nisbatan fikr-mulohazalarini o‘rganish bilan bir qatorda, so‘rov natijalaridan kelib chiqqan holda, kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamdir.

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan ijtimoiy so‘rovda faol ishtirok etishini va bu orqali viloyatda tinchlik, osoyishtalik ta'minlanishi va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda o‘z hissasini qo‘shishni so‘ramoqda.

Ijtimoiy so‘rovda qatnashish uchun ushbu havolaga o‘tish kerak.

Shuningdek, viloyat IIB “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘zining rasmiy kanalini ochdi.

Ushbu rasmiy kanalda viloyat ichki ishlar organlarining faoliyati, jumladan, viloyatda sodir bo‘layotgan kunlik jinoyat va hodisalar haqidagi qisqacha ma'lumotlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, jinoyatchilikning ba'zi tahliliy statistikalari, viloyat IIB Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan turli video hamda media materiallar va boshqa muhim, qiziqarli yangiliklar fuqarolar e'tiboriga muntazam ravishda havola qilib boriladi.

Mavzuga oid