Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik iqtidorli talabalar Nagoya universitetida bepul o‘qitiladi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekistonga 2018 yil 28-31 avgustda Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati, professor R.Noyorining tashrifi davom etmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Nagoya davlat universiteti delegatsiyasi a'zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov ishtirok etdi.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida ilm-fan sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni Yaponiyaning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirishni tashkil etish, qo‘shma ilmiy hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Toshkent davlat texnika universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida o‘zbekistonlik iqtidorli talabalarni Nagoya universitetida bepul o‘qitish bo‘yicha Nagoya universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025