Jahon | 12:07 / 31.08.2018
11813
2 daqiqa o‘qiladi

Misr mumiyosida yashirin yozuvlar topildi

Foto: Christina Hodge

Stenford universiteti muzeyida saqlanayotgan qadimgi Misr mumiyosi sarkofagi (tosh tobuti) bo‘laklarida ilgari olimlar tomonidan payqalmagan matn parchalari topildi. Tadqiqotchilar jasad qoldiqlari tegishli bo‘lgan ayolning ismini, shuningdek,  epitafiya (qabr toshiga bitilgan yozuv) bo‘lib chiqqan yozuvning bir qismini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Mumiyoning yoshi taxminan ikki ming yilga teng. U yunon-yunon yoki Misrdagi ellinlar davriga aloqador (eramizdan avvalgi 100-yil va eramizning 100-yili o‘rtasida).

1901 yilda qoldiqlarni Stenford universitetining asoschisi va magnat Leland Stenfordning rafiqasi sotib olgan. 1906 yildagi zilzila natijasida kartonajdan (kartondan, qog‘ozdan yasalgan buyumlar) tayyorlangan sarkofag jiddiy zarar ko‘rdi.

2018 yilning bahorida mumiyo parchalari talabalar tomonidan muzey madaniyati kursi doirasida o‘rganildi. Ikkala bo‘lakda yozuvlar aniqlandi, ular keyinchalik misrshunoslar va qadimgi Misr yozuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tarjima qilindi. Ma'lum bo‘lishicha, marhum ayolning ismi Senchalantos bo‘lgan, matnning bir qismida esa shunday yozilgan: «Uning ismi har kuni yosharib borsin». Maktubning uslubi mutaxassislarga misrlik ayolning o‘limi haqida aniq ma'lumot olishga imkon berdi - eramizdan avvalgi 30 yillar. O‘sha paytdan beri saqlanib qolgan matnlar kamdan-kam hollarda arxeologlar tomonidan topiladi.

Mavzuga oid