Jahon | 12:17 / 01.09.2018
15872
2 daqiqa o‘qiladi

«LXR»da yuqori jangovar shaylik rejimi e'lon qilindi

Foto: RIA Novosti

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» («LXR») rahbari vazifasini bajaruvchi Leonid Pasechnikning ma'lum qilishicha, «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning o‘ldirilishi tufayli «LXR» hududida to‘liq jangovar shaylik holati rejimi joriy etildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Pasechnikning ta'kidlashicha, o‘zini-o‘zi mustaqil deb e'lon qilgan respublikada vaziyat barqaror, vaziyat «LXR» organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlikni saqlab qolish uchun barcha choralar ko‘rilgan.

«Biz xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha barcha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rdik, Milliy militsiya bo‘linmalari oshirilgan jangovar shay rejimida turibdi, MGB, IIV va prokuratura bo‘linmalari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda», - deya aytib o‘tdi Pasechnik.

«DXR» rahbari 31 avgust kuni Donetskdagi «Separ» kafeda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zaxarchenkoga suiqasdda unga yaqin shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid