Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldagi xonadonda gaz portladi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi
2 sentabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi Yo.K. akasi U.K.ning uyiga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada Yo.K. va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari olib bormoqda.
“Hurmatli fuqarolar, uyingizda yoki boshqa turli binolarda bo‘lganingizda ham texnika xavfsizligiga amal qiling. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishdan avval, xonaga gaz yig‘ilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling!” - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025