Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyaning eng qadimiy muzeyi yonib ketdi
Rio-de-Janeyroda Braziliyadagi eng qadimiy muzey – Braziliya milliy muzeyi yonib ketdi. Hech kim jabrlanmagan, biroq muzeydagi kolleksiyaning katta qismi yo‘qotilgan. Muzey 200 yillik tarixga ega bo‘lib, unda bir vaqtlar qirol va ikki imperator qarorgohi bo‘lgan.
Yong‘in 2 sentabr soat 19:30 da boshlangan. Muzey bu vaqtda yopiq bo‘lgan va shu sababli jabrlanuvchilar bo‘lmagan.
Yong‘in qisqa vaqt ichida XIX boshida qurilgan inshoot bo‘ylab tarqalgan. Olov ko‘plab eksponatlarni saqlash uchun oson alangalanuvchi kimyoviy moddalar qo‘llangani sababli tez tarqalgan.
Yong‘in oqibatida 20 mlndan ko‘proq eksponat va 200 yillik tadqiqot va ilmiy ishlar yo‘q bo‘lgan. Umumiy hisobda 20 ming kvadrat metrdagi ekspozitsiyalar yonib ketgan.
Jumladan, hayvonlar, hasharotlar, minerallar, hindular idish-tovoqlari, Misr va Janubiy Amerika mumiyolari, arxeologik asori-atiqalar, meteoritlar kolleksiyasi yo‘qotilgan.
Braziliya prezidenti Mishel Temer tvitterda “yetkazilgan ziyonni baholashning imkoni yo‘qligini” yozgan. “200 yillik ish yo‘qotildi. Bu kun barcha braziliyaliklar uchun qayg‘uli kundir”, deb yozgan Temer.
Ta'kidlanishicha, politsiya yong‘in sababini o‘rnatish bilan shug‘ullanmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in muzeyning yerto‘lasida boshlangan.
1818 yilda Portugaliya qiroli Juan VI tomonidan tashkil etilgan muzey 2018 yil iyunda 200 yilligini nishonlagan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
14:45 / 22.05.2025