DMJga ajratmalar bo‘yicha hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, davlat maqsadli jamg‘armalariga (DMJ) ajratmalar bo‘yicha hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
DMJga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisobotning barcha shakllari yangilandi. Bu ilgari ushbu ajratmalar turlari bo‘yicha – byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta'lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga – hisobotda aks ettirilganligi bilan bog‘liq.
2018 yil 1 yanvardan ular yagona to‘lov – 3,2%lik stavka bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarga birlashtirildi (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorning 4-bandi). Bunda ayrim korxonalar ularni 1,5%lik imtiyozli stavka bo‘yicha to‘laydilar (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorga 24-ilovaga izoh). Yangi hisobot shakllarida DMJga majburiy ajratmalar qo‘llaniladigan stavkalar kesimida aks ettiriladi.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024
AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
10:30 / 16.08.2024