Fan-texnika | 09:22 / 05.09.2018
15016
2 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Benz ilk elektromobilini taqdim qildi

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining seriyali ishlab chiqariluvchi ilk elektrokrossoveri EQC’ni taqdim qildi. Ta'kidlanishicha, u Tesla elektromobillariga raqobatchi bo‘ladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. 

Foto: Mercedes-Benz

Avtomobil 80 kVt•soat hajmga ega litiy-ion batareyada ishlaydi. Avtomobil bir quvvatlanishda 480 km yo‘l bosa oladi. Electrek nashrining ta'kidlashicha, kompaniya NEDC standartni qo‘llagani sababli bu qiymat haqiqatda 370-400 kmni tashkil qilsa kerak.

Foto: Mercedes-Benz

EQC umumiy quvvati 300 kVtni (408 ot kuchi) tashkil qiluvchi ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,1 soniyada erisha oladi va uning maksimal tezligi 180 km/soatni tashkil qiladi.    

Foto: Mercedes-Benz

Daimler AG avtokonserni EQC’ni 2019 yil 1-yarmida ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Avtomobilning narxi haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Foto: Mercedes-Benz
Foto: Mercedes-Benz

Kompaniya elektromobilni yaratishga dastlab 10 mlrd yevro sarmoya qilishni rejalashtirgan, biroq xarajatlar bu qiymatdan oshib ketgan. Bu haqda Daimler AG bosh direktori Diter Tsetshe EQC taqdimotida ma'lum qildi. 

Caption

Umuman olganda, nemis kompaniyasi 2022 yilgacha 10 ta elektromobil yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.  

Foto: Bloomberg

 

Mavzuga oid