Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘g‘dda Samarqand kunlari bo‘lib o‘tadi
Prezidentning shu yil 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida hududlararo Bitimga asosan 7-9 sentabr kunlari samarqandlik bir guruh davlat va jamoat vakillari, tadbirkorlar, sportchilar, ijodkorlar hamda madaniyat va san'at xodimlari Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘lishadi.
Zarnews’ning xabar berishicha, tadbir davomida So‘g‘d viloyati markazida viloyatimizning sanoat, eksport, turizm salohiyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, biznes-forum va san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi tashkil etiladi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyatning «Dinamo» hamda So‘g‘d viloyatining «Xo‘jand» futbol jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025