Light | 22:55 / 06.09.2018
14725
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy tilni o‘rganishga 24 sabab

Foto: Fotolia

Aslida xorijiy tilni nafaqat muloqot, balki sayohatlar va seriallar tomosha qilish uchun ham o‘rganish mumkin. Balki bu ro‘yxatda ingliz va boshqa tillarni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadigan biror narsa toparsiz. Demak u:

  1. Xorijiy tilda o‘z fikrini bayon etish
  2. Sayohat qilish, shahar va mamlakatlar to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lish
  3. Kitoblarni asl holida o‘qish
  4. Aktyorlarning haqiqiy ovozini eshitgan holda film va seriallarni tomosha qilish
  5. Xorijlik do‘st/qarindosh/tanishlar doirasidagi muhokamalarda faol ishtirok etish va muloqot qilish.
  6. Mehnat bozorida talabgir bo‘lish
  7. Karera  pillapoyalaridan odimlash
  8. O‘z farzandlaringizga til o‘rganishda repetitorsiz yordam berish
  9. Qiziqarli xobbiga ega bo‘lish
  10.  Xorij kompaniyalarida ishga kirish uchun suhbatlardan o‘tish
  11.  Boshqa davlatga yashash uchun ko‘chib o‘tish
  12.  Ingliz tilidagi saytlardan foydali ma'lumotni izlab topish
  13.  Xorijiy hamkorlar bilan tarjimonsiz muloqot qilish
  14.  Yangi do‘stlar orttirish
  15.  Dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga kirish
  16.  Xorijiy kompaniyalarda amaliyot o‘tash
  17.  Sevimli mamlakatingiz mentalitetini o‘rganish
  18.  Xotirani mustahkamlash
  19.  Sevimli qo‘shiqlardagi so‘zlarni tushunish
  20.  Dallolsiz chipta/mehmonxonalarni band qilish
  21.  Dunyoqarashni kengaytirish
  22.  Original  retseptlar bo‘yicha sevimli taomlarni tayyorlash
  23.  Muvaffaqiyatli va bilimli bo‘lish
  24.  Erkin bo‘lishda yordam beradi.

Sizga ham xorijiy tilni o‘rganish hayotingizda yordam beradimi?

Mavzuga oid