Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida yangi ko‘rinishda reklama ustunlari paydo bo‘ladi
Shu kunlarda Toshkent shahar hokimiyati binosida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar o‘z loyihalari bilan qatnashmoqda.
Mana shunday tadbirkorlardan biri «QFI» xususiy korxonasi o‘z loyihasi bilan qatnashdi. Uning loyihasi tashqi reklamaning LED chiroqlari bilan yoritilgan monitor eskizlari va trotuar yoritish ustunining zamonaviy usulda ko‘rinishi deb nomlanadi.

Loyihaning maqsadi shahar chiroyiga ko‘rk qo‘shish va tashqi reklama ustunlarini zamonaviy, innovatsion usulda joylashtirish hamda ijtimoiy sohaga yordam berish, shu bilan birga turizmni rivojlantirish hisoblanadi. Loyihaning umumiy qiymati 1 million dollar va 100% chet el investitsiyasi asosida tashkil etiladi. Loyihaga hamkor davlatlar Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi. Loyiha ishga tushsa yangi 30 ta ish o‘rni yaratiladi.
Mavzuga oid
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
10:48 / 26.02.2025