Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov Moskvada muhim hujjatni imzolashi kutilyapti. U AES masalasiga doir
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev juma kuni Moskvada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya vazirlar mahkamasining matbuot xizmati xabar qildi.
«Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqadilar. Atom energetikasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta'lim sohalarida hamkorlikni faollashtirishga alohida e'tibor qaratiladi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Bosh vazirlarning o‘zaro muloqotidan so‘ng, ularning raisligida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 19-yig‘ilishi ham o‘tkaziladi. «Muzokaralar yakunida hukumatlararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda», - deya xabar berishgan RF vazirlar mahkamasidan.
Rossiya hukumatidan ta'kidlashlaricha, ikki mamlakat o‘rtasida tinch atom bo‘yicha hamkorlik doirasidagi asosiy loyihaga Rossiya texnologiyasidan foydalangan holda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasining qurilishi bo‘ladi. «Tashrif chog‘ida uning qurilishiga oid bitim imzolanadi», - deya aytib o‘tgan vazirlar mahkamasi xodimi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
08:40 / 13.05.2025