Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ko‘kcha» qabristonida qotillik alomatlari bo‘lgan jasad topildi
2018 yil 5 sentabr kuni soat taxminan 14:00larda Shayxontohur tumani, Ko‘kcha mahallasi, M.Uyg‘ur ko‘chasi 424-uyda joylashgan «Shayx Zayniddin» qabristoni ichida E.M.ning (17.03.1975 yilda tug‘ilgan erkak kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasiga ko‘ra, E.M. ning o‘limi bo‘yin a'zolarining to‘liq shikastlanishlariga, bo‘yin umurtqalarining sinishlariga va orqa miyaning to‘liq uzilishiga olib kelgan bo‘yin oldi yuzasi kesilgan yarasi va bo‘yin orqa yuzasi kesilgan-chopilgan yarasi, chap yelka sohasi qontalashi, o‘tkir qon yo‘qotish, shuningdek, ichki a'zolarining kam qonligidan kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan 05.09.2018 yilda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida 23.12.1974 yilda tug‘ilgan B.K. 05.09.2018 yilda jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025