Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi homilador ayolni zo‘rlashda ayblanmoqda
Rossiya huquq-tartibot idoralari o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga olishdi, u homilador ayolni zo‘rlashda ayblanmoqda. Bu haqda «Moskovskiy Komsomolets» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergov organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxsga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-, 161-moddalarida (zo‘rlash, bosqinchilik) nazarda tutilgan jinoyat belgilari bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Erkak qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, u 2018 yilning 12 may kuni kechqurun Sankt-Peterburgdagi Ravenstvo ko‘chasidagi uylardan birining yonida 1988 yilda tug‘ilgan, homiladorlikning oxirgi muddatlarida bo‘lgan ayolga hujum qilgan. So‘ng erkak jabrlanuvchini zo‘rlagan va mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.
Mavzuga oid
08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025