Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
                                    O‘zbekiston | 08:50 / 21.05.2025 
                                    
                                
                                        
                                        1044
                                    
                                    
                                        
                                        2 daqiqa o‘qiladi
                                    
                                                                        
                                4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
O‘zbekistonda 4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 317 nafar xotin-qizga yordam ko‘rsatildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, 2025 yil I-chorak davomida jami 17 878 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yuridik yordam va huquqiy maslahatlar ko‘rsatilgan. Xususan, xizmat turi bo‘yicha:
- 1 162 nafar shaxsning manfaatlarida fuqarolik va ma’muriy sudlarga da’vo arizasi kiritilgan yoki yozib berilgan;
 - 470 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlarini ko‘zlab davlat organlari va tashkilotlariga talabnoma kiritilgan;
 - 16 246 nafar shaxsga ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish sohasida huquqiy tushuntirish va maslahat (konsultatsiya) berish xizmatlari ko‘rsatilgan.
 
Aholi toifalari bo‘yicha esa yuqori ko‘rsatkichlar:
- kam ta’minlangan oilalarning a’zolari — 12 662 nafar (70,8 foiz);
 - nogironligi bo‘lgan shaxslar — 1 758 nafar (9,8 foiz);
 - tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar — 2 317 nafar (13 foiz);
 - o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar — 460 nafar (2,6 foiz);
 - yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar — 260 nafar (1,5 foiz);
 - ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalar — 122 nafar (0,7 foiz);
 - muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar — 94 nafar (0,5 foiz);
 - boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari — 206 nafar (1,1 foiz) qayd etildi.
 
Mavzuga oid
10:44 / 14.05.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
18:08 / 10.05.2025
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
23:12 / 29.04.2025