O‘zbekiston | 02:18 / 07.09.2018
9489
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq xizmati: Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi 3802-sonli qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi Qo‘mita huzuridagi Malaka oshirish markaziga aylantirildi. Shuni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qarorni (№704) qabul qildi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: qo‘shimcha professional ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta'lim beruvchi tarkib malakasini oshirish, tinglovchilar ta'lim olishi uchun sharoitlar yaratish, masofaviy ta'lim va hisobchilar, auditorlar hamda soliq maslahatchilarini o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq qilish.

Malaka oshirish markaziga 50 shtat birligi berilib, quyidagi kurslar tashkil etiladi:

  • soliq organlarida boshqaruvchi lavozimlarni to‘ldirish uchun zahiradagi kadrlar malakasini oshirish - 1 oygacha;
  • davlat soliq xizmati organlariga qayta ishga qabul qilinayotgan shaxslarni qayta tayyorlash - 3 oygacha;
  • tuman soliq inspeksiyalari xodimlarining malakasini oshirishga doir ta'lim - 1 oygacha;
  • hisobchi, auditor, soliq maslahatchilarining soliqqa tortish bo‘yicha malakasini oshirishga doir ta'lim - kelishuv asosida.

Mavzuga oid