Jahon | 17:31 / 07.09.2018
11423
1 daqiqa o‘qiladi

Solsberida qo‘llanilgan «Novichok»ning dozasi 4 ming kishini o‘ldirishi mumkin edi

Foto: REUTERS

Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda qo‘llangan hamda atir idishida bo‘lgan asab-falajlovchi modda miqdori 4 ming kishini o‘ldirish uchun yetarli bo‘lgan. Bu haqda The Times xabar qilmoqda.

Xavfsizlik sohasidagi manbalar so‘zlariga ko‘ra, modda 100 foiz «Novichok» bo‘lgan. Uning tarkibi XX asr o‘rtalarida amiton asosida yaratilgan zaharlovchi moddalarga qaraganda 5-8 marta zaharliroqdir. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarni zaharlagan shaxslar tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.

Britaniya hukumati tomonidan «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida hujum sodir etganlikda ayblanayotgan rossiyalik Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov Solsberidagi antiqa narsalar bilan savdo qiluvchi do‘kon videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. 

Mavzuga oid