Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda g‘ordan bolalarni qutqarganlar sharafiga 10 ming kishilik tadbir uyushtirildi
Tailandda Txam Luang g‘oridan yosh futbolchilar va ularning murabbiyini olib chiqish operatsiyasida ishtirok etganlar sharafiga 10 ming kishilik kechki ovqat uyushtirildi. Tantanali tadbir 6 sentabrda bo‘lib o‘tgan.
Tadbirga qutqaruvchilar jamoasidan tashqari, 3 haftalik operatsiyaga o‘z ulushini qo‘shgan barcha kishilar taklif etilgan. Ular orasida tailandlik va xorijlik g‘avvoslar, harbiylar, politsiyachilar, g‘orshunoslar va boshqalar bo‘lgan.
Tadbir Bangkokning tarixiy qismidagi Qirol maydonida o‘tgan. Bu yerda soyabonlar ostida stollar joylashtirib, mehmonlarga qirollik oshxonasi taomlari tortiq qilingan.
Bolalar va ularning murabbiyi barcha yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirishgan. Tadbir so‘ngida yig‘ilganlar Tailand xalqini birdamlikka chorlovchi “Birdamlik qo‘shig‘i”ni ijro etishgan.
Bolalar va ularning murabbiyi 23 iyunda g‘orga kirib ketib, u yerda yo‘qolib qolgandi. Ularni 10 kundan keyin aniqlashga muvaffaq bo‘lingandi. Bolalarni qutqarish operatsiyasi 8 iyuldan 10 iyulgacha davom etgan.
Mavzuga oid
23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
19:45 / 28.04.2025
Tailandga boradiganlar uchun yangi talab joriy etildi
17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:02 / 18.04.2025