Jahon | 13:58 / 07.09.2018
5418
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Isroil elchixonasi yopilgan Paragvayda o‘z elchixonasini ochadigan bo‘ldi 

Foto: globallookpress.com

Turkiya Paragvayda o‘z elchixonasini ochishga qaror qildi. Bu haqda Paragvay tashqi ishlar vaziri Luis Kastiloni ma'lum qildi.

Anqara bunday qarorni Paragvay Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirishdan voz kechgandan keyin qabul qildi. “Menga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu qo‘ng‘iroq qildi va munosabatlarimizni mustahkamlash hamda savdoni ko‘paytirish uchun Paragvayda Turkiya elchixonasi ochilishini ma'lum qildi. Men davlatlarimizni yanada yaqinlashtiradigan bu qarordan minnatdorman”, deb yozgan Kastiloni tvitterda.

Bundan avval Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Paragvay qaroriga javoban ushbu mamlakatdagi elchixonaning yopilishiga ko‘rsatma bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid