Sport | 21:44 / 08.09.2018
18695
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yakuniga yetdi

Musobaqalar 2-8 sentabr kunlari Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tdi. 74 mamlakat va Rossiyaning 12 sub'yektidan 2 mingga yaqin kishi sportning 37 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Musobaqalarda 594ta medal o‘ynaldi.  

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni Qirg‘iziston, ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston va uchinchi o‘rinni Rossiya qo‘lga kiritdi.
Mazkur o‘yinlarda ilk bor rasman ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi yakuniy natijalarga ko‘ra jami 33 ta medalni (7 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 13 ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etib, kurash, sambo, gyulesh (Ozarbayjon kurashi), ashirtmali aba gyuleshi (Turkiya kurashi), alish kurashi (Qirg‘iziston kurashi), qirg‘iz kurashi, armrestling, mas-restling, lochin ovi, uloq ko‘pkari turlari bo‘yicha medallarni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid