Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada nikoh shartnomasini bekor qilish chog‘ida qotillik ro‘y berdi
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 5 sentabr kuni soat 10:00larda Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani, Doimobod qishlog‘ida yashovchi I. (1992 yilda tug‘ilgan erkak kishi) turmush o‘rtog‘i S. (1993 yilda tug‘ilgan ayol kishi) bilan nikoh shartnomasini bekor qilish uchun tuman FHDYo bo‘limi binosiga kelib, o‘zaro kelishmovchilik natijasida yonida bo‘lgan pichoq bilan turmush o‘rtog‘iga turli xil tan jarohatlari yetkazib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025