Jahon | 17:31 / 11.09.2018
21966
2 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Skripal Solsberiga nega uchib kelgani ma'lum qilindi

Foto: Dylan Martinez/Reuters

GRU sobiq zobiti Sergey Skripalning qizi, u bilan mart oyida «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida zaharlangan Yuliya Solsberiga bo‘lajak to‘yi haqida otasiga gapirib berish uchun kelgan. U otasi tantanali marosimda qatnasha olmasligini bilgan. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi o‘z manbalariga asosan xabar qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Yuliya Skripalning qallig‘i Stepan Vikeyevdir. Yuliya Skripal otasining Moskvadagi kvartirasini sotib yuborgan, sababi Sergey Skripal u yerda yashamagan. Qiz Rossiya poytaxti g‘arbidagi ko‘p qavatli uyning oltinchi qavatidan uch xonali kvartirani sotib olgan, deb yozmoqda Daily Mail. Yuliyaning kvartirasidagi ta'mirlash ishlari bo‘yicha ishchilar boshlig‘i - Diana Petikning so‘zlariga ko‘ra, Yuliya o‘z kvartirasida bolalar xonasini qurish haqida so‘ragan.

Nashrning ta'kidlashicha, u bu kvartirada o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i - 30 yoshli Stepan Vikeyev bilan birga yashashni rejalashtirgan. 3 mart kuni u Londonga parvoz qiluvchi reysga o‘tirgan, ertasi kuni esa Yuliya otasi bilan Solsberida hushsiz holatda topilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, zaharlovchi modda Sergey Skripal uyining eshik dastasiga surtib qo‘yilgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Skripallarni zaharlagan shaxslar haqida ma'lumotga ega emasligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid