Sport | 21:50 / 12.09.2018
4222
1 daqiqa o‘qiladi

Terri «Spartak»ka rad javobini berdi

«Chelsi» klubi va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi.

«Juda ko‘p o‘ylab ko‘rdim va «Spartak» taklifini rad qildim. Klub va uning muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Oilam bilan muhokama qilib, hozir Rossiyaga ko‘chib o‘tishning vaqti emasligi haqida qaror qabul qildik. «Spartak»ka omad!», — deb yozdi Terri Instagram sahifasida.

Avvalroq, 37 yoshli Terri Rimda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, «Spartak» bilan yiliga 1,8 million yevro maoshni ko‘zda tutuvchi shartnomani kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Angliyaga qaytganidan so‘ng, futbolchi o‘z fikridan qaytdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid