O‘zbekiston | 11:49 / 13.09.2018
6733
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qator xalqaro konvensiya va shartnomalarga qo‘shilmoqchi. Ular fonogrammaga tegishli

Foto: Alamy

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jyeneva konvensiyasiga (Jyeneva, 1971 yil 29 oktabr), Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jyeneva, 1996 yil 20 dekabr) va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jyeneva, 1996 yil 20 dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jyeneva konvensiyasiga (Jyeneva, 1971 yil 29 oktabr), Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jyeneva, 1996 yil 20 dekabr) va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jyeneva, 1996 yil 20 dekabr) qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Qonunni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolashi kutilmoqda.

Mavzuga oid