Toshkentdan Nijniy Novgorodga xalqaro avtobus yo‘nalishi ochildi

Foto: Avtomobil transporti agentligi
«Toshkent - Nijniy Novgorod» avtobus yo‘nalishida joriy yilning 14 sentabridan boshlab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Avtomobil transporti agentligi xabar bermoqda.
Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi «UZKAZ AVTO TRANS» MChJ shaklidagi QK, Rossiya tomonidan esa tashuvchi «Panyushkin S.Yu.» YaTT xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar bugungi kunda eng zamonaviy va bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan «VANHOOL» rusumli avtobuslarda o‘z manzillariga yetkaziladi.
Yo‘nalishning masofasi 3000 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soat, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha - 500 ming so‘m. Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha esa – 6 ming rubl qilib belgilandi.
Yo‘nalish «G‘isht ko‘prik» (O‘zbekiston), «Jibek Joli», «Jaysan» (Qozog‘iston), «Sagarchin» (Rossiya) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025