Jahon | 21:00 / 18.09.2018
6526
1 daqiqa o‘qiladi

“Florens” to‘foni 1 millionga yaqin kishini elektrsiz qoldirdi

14 sentabr kuni AQShning sharqiy qirg‘og‘iga «Florens» to‘foni yetib keldi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, AQShdagi 930 mingga yaqin iste'molchi elektrsiz qolgan. AQSh milliy gvardiyasining o‘ng mingga yaqin harbiy xizmatchisi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish uchun safarbar qilingan.

Hozirgi vaqtda Shimoliy va Janubiy Karolinaning 27 mingdan ortiq aholisi vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

Prognozlarga ko‘ra, “Florens”dan ko‘riladigan zarar kamida 27 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bunday bahoni Bloomberg axborot agentligi keltirib o‘tgan.

Agentlikning ta'kidlashicha, AQSh hukumati 2005 yilda Luiziana shtatiga yopirilgan “Katrina” to‘fonidan vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklashga eng ko‘p pul sarflagan. To‘fon o‘shanda 160 mlrd dollarlik ziyon yetkazgan.

Mavzuga oid