Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Holley Tashkent» zamonaviy texnoparki bunyod etilishi rejalashtirilmoqda
Bugun Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Holley Group» kompaniyasi rahbari Chen Veydun boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Uchrashuvda poytaxtning Bektemir tumanida zamonaviy texnopark bunyod etish loyihasi muhokama etildi.
Qayd etish lozimki, mazkur loyiha 200 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirilib, texnopark hududida tekstil, farmatsevtika, mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, texnopark 10 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratishni ham ko‘zda tutadi.
«Holley Tashkent» 150 gektar maydonni o‘z ichiga olib, yillik ishlab chiqarish mahsuloti eksporti qariyb 2 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, «Holley group» kompaniyasi 1970 yilda Xangchjou (Xitoy) shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniyaning Shimoliy Amerika, janubiy-sharqiy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqalarida filiallari mavjud.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025