Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda dovul sababli zaharli chumolilar “orollari” paydo bo‘ldi
AQShda “Florens” dovuli oqibatida zaharli olovrang chumolilardan tashkil topgan “orollar” paydo bo‘ldi. Endi bu chumolilar Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlari sohillari yaqinida suzib, aholiga xavf solmoqda.
Chumolilar bir-biriga jips yopishib, o‘ziga xos sol hosil qilmoqda. Bu ularga kuchli toshqinlar vaqtida omon qolishga yordam beradi. Bu turdagi chumolilar tajovuzkor va zaharli bo‘lib, o‘z qurboni terisiga tushsa, unga qattiq yopishadi va uni olib tashlash mushkullik tug‘diradi.
Uzoqdan ushbu “orolchalar” chiqindi yoki suvo‘tlariga o‘xshaydi, biroq unga qayiq bilan tegib ketilsa, unda minglab chumolilar qayiqqa o‘tib oladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025