Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko «Bi-bi-si»ni sudga berdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko «Bi-bi-si»ni sudga berdi. Bunga u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv uchun pul to‘lagani haqida xabar tarqatilgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Telegraph.
Ukraina rahbarining huquqshunoslari ma'lum qilishlaricha, bu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va Poroshenkoning «shaxsiyati hamda qadr-qimmati daxlsizligi»ga qarshi qaratilgandi. Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, xabar juda salbiy ta'sirga ega bo‘lgan, sababi Poroshenko Ukrainada korrupsiyaga qarshi choralarni joriy etishda faol ishtirok etyapti.
Ta'kidlanishicha, «Bi-bi-si» Ukraina prezidentining xabar bo‘yicha shikoyatini qanoatlantirishdan bosh tortgan va u o‘chirib yuborilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025