Fan-texnika | 12:22 / 22.09.2018
11001
2 daqiqa o‘qiladi

Apple foydalanuvchilarni yashirin tarzda kuzatishi ma'lum qilindi

Foto: Edgar Su / Reuters

Apple kompaniyasi iOS 12 operatsion tizimiga qo‘ng‘iroqlar va elektron yozishmani kuzatib borish imkoniyatini yashirincha kiritib qo‘ydi. Yangi ilova iTunes virtual do‘konda maxfiylikka rioya etish qoidalarida paydo bo‘ldi, deb xabar beradi The Independent.

Nashrning yozishicha, Apple foydalanuvchilar ishonchini baholash uchun ma'lumotlarni to‘plashga kirishadi. Ushbu uslub firibgarlardan akkauntni himoya qilish hamda sotib olishni haqiqatdan ham real odam amalga oshirayotganini aniqlash imkonini beradi.

Kompaniyaning bildirishicha, shaxsiy ma'lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lmaydi. «Ma'lumotni taqdim etish shunday tarzda amalga oshmoqdaki, bunda Apple qurilmangizning ushbu ko‘rsatkichlari haqida ma'lumotga ega bo‘lmaydi. Cheklangan vaqt davomida ma'lumot bizning serverlarimizda saqlanadi», - deyiladi hujjatning yangilangan versiyasida.

iOS 12 17 sentabr kuni chiqarildi. Iyun oyida yangilangan operatsion tizimning beta-versiyasi paydo bo‘lib, uni istalgan foydalanuvchi o‘rnatishi mumkin edi. Yangilanishlarning aksariyati tezroq harakat qilish va ishni optimallashtirishga bog‘liq. Bundan tashqari, har hafta smartfon foydalanuvchi ilovalarda qancha vaqt sarflanganini ko‘rsatadigan foydalanish jadvalini tuzib chiqadi hamda smartfonni ishlatish vaqtiga cheklov o‘rnatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple ramkasiz ekranli yangi Apple Watch Series 4’ni taqdim etgandi. 

Mavzuga oid