Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismonan eskirgan nasos stansiyalari almashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalardan foydalanishni hamda ularni boshqarishni avtomatlashtirishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufida respublika bo‘yicha jami 1693 ta nasos stansiyalari uzluksiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan ta'minlab kelmoqda.
O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunga kelib ushbu nasos stansiyalarning aksariyati o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli yaroqsiz xolatga kelgan va bu o‘z navbatida belgilangan hududlarda talab darajasidagi suv miqdorini chiqarishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ko‘zda tutilishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 4 iyuldagi R-4668-sonli farmoyishiga asosan Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 299 ta nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish 7 ta loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan;
Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi qo‘shimcha 240 ta jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalardan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirishni tashkil qilishni amalga oshirish.
Loyiha doirasida quyidagilar belgilab olinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalardan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirish”ni tashkil qilish bo‘yicha “Chora-tadbir”;
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, almashtirish va boshqarishni avtomatlashtirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), Moliya vazirligi (Haydarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Bekenov) bilan birgalikda;
tasdiqlangan “Chora-tadbir” belgilangan muddatlarda amalga oshirishni;
modernizatsiya qilinadigan nasos stansiyalarning dastlabki baholash va Texnik iqtisodiy hisoblarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishni ta'minlaydilar.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022