Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda vazir o‘rinbosari samolyotdagi janjal sababli lavozimdan bo‘shatildi
Qirg‘iziston mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Zuurakan Kadenova u samolyot ekipaji bilan janjallashishi oqibatida xalqaro reysdan olingani haqida tarqalgan xabar ortidan lavozimidan bo‘shatildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyotda janjal chiqargani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.
Guvohlarning ta'kidlashicha, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvchilar bilan janjallashib, ularga diplomatik pasportini ko‘rsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Kadenova Seuldagi mehmonxonalardan birida qolmoqda. U keyingi reys bilan vataniga qaytarilishi kutilmoqda. Ushbu ayol Seulda Qirg‘izistonning rasmiy delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
20:42 / 20.05.2025