Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profilaktika inspektoriga jarohat yetkazgan o‘g‘ri ushlandi
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 21 sentabr kuni fuqaro O.G. o‘g‘irlik qilish maqsadida F.U.ga tegishli Saksonota mahallasida joylashgan namunali uyining deraza panjarasini buzib uyga kirgan vaqtida, shu hududda xizmat olib borayotgan tuman ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, mayor K.B. uni sezib qolib ushlaganida O.G. xodimga faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan. Shunday bo‘lsa-da O.G. ushlangan.
Mayor K.B.ga esa kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025