Boks bo‘yicha jahon chempioni jarohatdan keyin ringga qaytishga ruxsat oldi
Boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Saul Alvares jarohatidan keyin ringga qaytish uchun shifokorlardan ruxsat oldi.
Boxingnews24 xabariga ko‘ra, meksikalik qozog‘istonlik sportchi Gennadiy Golovkin bilan jangda ko‘zidan olgan og‘ir jarohati tufayli noma'lum muddatga safdan chiqishi mumkin edi.
Ta'kidlanishicha, shifokorlar Alvaresning sog‘lig‘iga tahdidni ko‘rishmagan. U oktabr oyida mashg‘ulotlarni boshlashi kerak.
Meksikalik keyingi jangini dekabr oyida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Kutilishicha, David Leme uning raqibiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha jahon chempioni giyohvand ayolni masxara qilgani uchun 100 ming dollarlik jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid
18:31 / 14.11.2024
Qirg‘iziston prezidenti rossiyalik bokschiga 150 ming dollarlik Rolls-Roys sovg‘a qildi
22:40 / 28.08.2024
Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi
21:18 / 19.08.2024
«O‘zbekcha nokaut»: Qozog‘istonning Olimpiadadagi natijasi tanqid qilinib, O‘zbekiston bilan taqqoslandi
20:33 / 14.05.2024