Avstraliya tashqi ishlar vaziri: Rossiya javobgarlikka tortilishi lozim
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Mariza Peyn Ukraina sharqida Malayziyaning Boeing MH17 samolyoti qulashi bo‘yicha surishtiruv ishlariga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda news.com.au xabar qilmoqda.
Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining ma'lum qilishicha, Rossiya samolyotning qulashiga aloqador ekani bo‘yicha ayblovlarga qo‘shiladi. Uning qayd etishicha, Moskva «xalqaro qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi lozim».
«Biz Rossiya bugungi kundagi birlashgan tergov guruhining dalillarini qabul qilmaganidan afsusdamiz. Yana bir bor shuni takrorlaymizki, Avstraliya guruh va uning xulosalari betaraf, mustaqil hamda professional ekaniga to‘liq ishonadi», - dedi Peyn.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya va Avstraliya MH17 uchun Rossiyani javobgarlikka tortish masalasini muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
18:13
Rossiyada 21 ming migrantni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olindi
17:03
Putin Qozog‘istonga borib, To‘qayev bilan uchrashdi – asosiy kelishuvlar haqida
16:08
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
13:10