Jahon | 16:02 / 28.09.2018
16037
2 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Petrovning haqiqiy ismi qachon oshkor etilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Russia Today

Britaniyaning Solsberi shahrida Skripallar oilasini zaharlashda gumonlanayotgan yana bir shaxs - Aleksandr Petrovning shaxsi haqidagi haqiqiy ma'lumotlar 7-10 kun ichida e'lon qilinadi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.

London tomonidan GRU xodimi deb atalayotgan Aleksandr Petrovning asl ismi Britaniyaning Bellingcat loyihasi va The Insider nashri tomonidan e'lon qilinadi, deya xabar berishdi ularning vakillari Roman Dobroxotov hamda Morits Rakujitskiy.

Nashrning eslatishicha, bu haftada GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotgan yana bir shaxs - Ruslan Boshirovning haqiqiy ismi oshkor etilgandi. 26 sentabr kuni Bellingcat va The Insider Boshirovning haqiqiy ismi Anatoliy Chepiga ekani, u GRU polkovnigi sanalashi haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml GRU polkovnigi Chepiga haqidagi surishtiruvga o‘z munosabatini bildirgandi.

Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin London tomonidan GRU sobiq zobiti Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotgan Ruslan Boshirov oddiy fuqaro ekani haqidagi ma'lumotga ega.

Shuningdek, avvalroq Skripallar ishi bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchi aniqlangani ma'lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya tomonidan gumonlanayotgan uchinchi shaxs ham GRU xodimidir.

Mavzuga oid