O‘zbekiston | 11:53 / 28.09.2018
40244
1 daqiqa o‘qiladi

Taniqli huquq himoyachisi O‘zbekistonga qaytib keldi

Tolib Yoqubov

Taniqli huquq himoyachisi Tolib Yoqubov 12 yildan keyin O‘zbekistonga qaytib keldi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.

78 yoshli huquq himoyachisi Fransiyada 12 yil yashaganidan so‘ng vataniga qaytdi. Toshkent aeroportida Yoqubovni yaqinlari va hamkasblari kutib oldi.

Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekiston rasmiylari tomonidan hech qanday muammolarga duch kelmagan.

Yoqubovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, 2014 yilda Fransiyadan siyosiy boshpana olgan va O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilingan.

Endi huquq himoyachisi O‘zbekiston vizasini oldi va vataniga kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Yoqubov muqaddam O‘zbekiston hukumatini ko‘p bora tanqid qilib chiqqan.