Totalizator o‘ynab biri qotilga aylandi, ikkinchisi ayolidan ayrildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. G‘.Kuliboyev hali o‘ttizga ham kirmagan. Doimiy ish joyiga ega emas, tirikchilik uchun turli joylarda ishlab yurgan yigit qiyinchilik bilan topgan pullarini totalizatorda o‘ynab kelgan, deb yozmoqda O‘zA.
U 2014 yilning oxirlaridan buyon poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Maxsustrans” korxonasiga qarashli yuk avtomashinalarini yuvish shoxobchasida norasmiy ravishda ishlab yurgan. Tanishi Ye.Radchenko uning mazkur o‘yinda qatnashishi uchun naqd pullarini olib, uni elektronlashtirishga ko‘maklashib kelgan. U ishdan bo‘sh vaqtlarida internet kafelarda “Web money” sayti orqali sport musobaqalariga pul tikib totalizator o‘ynagan. O‘z topgan pullarini behudaga sovurib ham ko‘ngli xotirjam bo‘lmagan Kuliboyev tanish-bilishlardan ham qarz olib ushbu o‘yinda qatnashgan.
2018 yilning aprel-may oylarida ish faoliyati davomida topgan 2 million 300 mingdan ortiq pulini va tanishi B.Toshpo‘latovdan olgan 200 AQSh dollarini ham elektron hisobiga o‘tkazib, o‘yin o‘ynagan va yutqazgan.
Tanishlari pulni so‘rayvergach, yigit o‘zi istab-istamay qotilga aylandi.
...2018 yil 7 iyun. G‘.Kuliboyev tanishi Ye.Radchenkoga qo‘ng‘iroq qilib, elektron hisobiga pul tushirish niyati borligini aytib, uni ko‘chaga chiqishga ko‘ndiradi.
U bu xonadonda hamisha naqd pullar bo‘lishini, qayerda saqlanishini yaxshi bilgan. Sherigi uydan chiqqanini ko‘rgan yigit o‘z rejasini amalga oshirish uchun uning xonadoniga kiradi. Oshxona pichog‘i bilan xonadon bekasi L.Radchenkoning 18 joyiga jarohat yetkazadi. Pullarni olib uydan chiqib ketadi.
O‘g‘irlangan pullar evaziga qarzini to‘lagach, yana hech narsa bilmagandek yuraveradi. Ammo tezkor surishtiruv natijasida uning siri fosh bo‘ldi. O‘z aybini tan olgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi, 164-moddasi 3-qismi “v, g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Endigina 28 yoshni qarshilagan G‘.Kuliboyev 18 yilni oilasi, farzandidan olisda o‘tkazadi. Bir nafar voyaga yetmagan farzandi va ayoli endi kimning qo‘liga qaraydi? Ye.Radchenkoning xatosi, yosh yigitga sirtdan yordam bergani uchun, yorug‘ olamni tark etgan ayolning aybi nima edi?
Savollar ko‘p. Ammo javob bitta. “Sayoq yurgan tayoq yeydi”.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024