Sport | 17:46 / 01.10.2018
12200
16 daqiqa o‘qiladi

Iste'fo yoqasidagi Mourino, «Arsenal»da g‘alabalar seriyasi. APLda tur yakunlari

Dam olish kunlarida Angliya premer-ligasida navbatdagi tur bahslari davom etdi. Bu turda chempionat peshqadami «Liverpul» «Chelsi» maydonida durang o‘ynadi va mavsumda ilk bor ochko yo‘qotishdan keyin birinchi o‘rindan tushib ketdi. Birinchi o‘ringa ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozongan «Manchester Siti» («Haddersfild» safarda 2:0 hisobida mag‘lub etildi) chiqib oldi. Ketma-ket beshinchi o‘yinda g‘alabaga erishgan «Arsenal» esa hozircha beshinchi o‘rinda. Jamoa mavsumni qatorasiga 2 uchrashuvda mag‘lubiyat bilan («Manchester Siti» va «Liverpul»ga qarshi o‘yinlar) boshlagani tufayli hamon kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolmoqda.

«Manchester Yunayted»da inqiroz

Vest Hem – Manchester Yunayted 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelef, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.
Vest Hem – Fabianski, Sabaleta, Balbuena, Diop, Masuaku, Rays, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Nobl, Obiang, Felipe Anderson (Diangana, 90), Arnautovich (Antonio, 83).
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Lindelef (Reshford, 57), Shou, Maktomini, Matich, Fellayni, Pogba (Fred, 70), Lukaku, Marsiyal (Mata, 71).
Ogohlantirish: Yang (78).
O‘tgan turda «bolg‘achilar» «Chelsi»ning g‘alabali seriyasiga yakun yasashgandi. Bu turda esa Joze Mourinoni iste'foga yaqinlashtirishdi. «Qizil iblislar» boshdan oyoq muammolar girdobida qolishgan. Bir yil muqaddam, APL startidagi 7 turdan keyin «MYu» darvozaboni Devid de Xea 6 o‘yinda gol o‘tkazmay, «quruq seriya» qayd etgandi. Hozir esa startdagi 6 o‘yinda maydonni gol o‘tkazmasdan tark etmadi. Felipe Anderson Angliyadagi ilk golini chiroyli tarzda urdi.

«MYu» futbolchilari o‘tkazilgan goldan keyin ko‘plab hujumlar uyushtirishdi va ko‘plab vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishdi. «Vest Hem» esa o‘z imkoniyatlariga ehtiyotkorlik bilan yondashdi va Yarmolenko raqibni xato qilishga majburlab, jamoasi ustunligini oshirdi. 

Manchesterliklarning hujumlarini goh himoyachilar, goh darvozabon Lukash Fabianski muvaffaqiyat bilan bartaraf etib turishdi. Faqat Reshford simulyatorlarda kuzatiladigan zarba bilan uni dog‘da qoldiroldi - yosh hujumchi darvozaga qarama-qarshi turgan holatda tovoni bilan aniq zarba yo‘lladi. Ammo 3 daqiqa o‘tiboq Nobl «MYu» himoyachilarini dog‘da qoldirib, Arnautovichni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi va hisob 3:1 ko‘rinishini oldi. Bu nokaut edi. «Qizil iblislar» 7 turda 21 imkoniyatdan atigi 10 ochko olishi oxirgi marta Devid Moyyes davrida qayd etilgandi. 1989-90 yilgi mavsumdan buyon bundan yomonroq natija bo‘lmagan. Endi o‘rtaga bir savol chiqmoqda - Joze ketishi kerakmi?

«Arsenal»ning g‘alabali seriyasi

Arsenal – Uotford 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 81, avtogol Ketkart, 2:0 – 83 O‘zil.
Arsenal – Chex (Leno, 45), Belerin, Mustafi, Holding, Monreal, Torreyra, Chaka, O‘zil, Remzi (Ivobi, 63), Obameyang (Uelbek, 77), Lyakazett.
Uotford – Foster, Mark Navarro (Femeniya, 84), Ketkart, Kabasele, Holebas, Dukure, Kapu, Hyuz, Pereyra, Grey (Saksess, 72), Dini.
Ogohlantirishlar: Dini (31), Torreyra (45), Mustafi (62), Dukure (79).

Ikki ispaniyalik murabbiy - Unai Emeri va mavsumni sensatsiyalar bilan boshlagan Xavi Garsiya dueli qarama-qarshi kurslarda kechdi. «Uotford» himoyada o‘ynashni xayoliga ham keltirgani yo‘q va o‘yin oldidan favorit sifatida qaralgan «kanonirlar»dan ko‘proq golli vaziyatlar yaratdi. Mezbonlar esa dastlab muvaffaqiyatsizliklarga uchray boshlashdi - asosiy darvozabon Piter Chex to‘pni darvozasidan uzoqlashtirish chog‘ida jarohatlandi. Bu o‘yin uchun mantiqiy hisob - durang edi, ammo o‘yin oxirida «Arsenal» klass evaziga g‘alabaga erishdi. Aniqrog‘i Lyakazettning saviyasi o‘zini ko‘rsatdi. Fransiyalik hujumchi birinchi bo‘limda yuz foizlik imkoniyatlarni yo‘qqa chiqargandi, ammo o‘yin oxirida u noqulay vaziyatda turib raqibni o‘z darvozasini ishg‘ol etishga majbur qildi, 2 daqiqa o‘tib Mesut O‘zilni golli pas bilan ta'minladi.

 

Gvardiola birinchi o‘ringa qaytdi

Manchester Siti – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Sterling, 2:0 – 65 Aguero.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Zinchenko, Bernardu Silva, Fernandino, Silva (Foden, 88), Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 66), Sane (Mahrez, 71).
Brayton – Rayan, Montoyya, Daffi, Dank, Bong, Propper, Knokert (Jahonbaxsh, 78), Kayyal, Bissuma, March (Iskerdo, 83), Lokadiya (Myurrey, 73).
Ogohlantirishlar: Knokert (9), Daffi (42), Montoyya (87).

«Emireyts»dagi o‘yin bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan yana bir o‘yinda amaldagi chempion o‘z o‘rniga qaytdi. «Brayton»ga qarshi o‘yinda «Manchester Siti» qiyinchiliksiz g‘alabaga erishdi. Sterling avvaliga hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda Agueroni golli pas bilan ta'minladi. APLning o‘tgan mavsumi boshidan hisoblanganda, ushbu xavbek «gol+pas» tizimi bo‘yicha 34 (22+12) ochko to‘plagan. Sterling bu borada uchinchi ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu borada «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh yetakchi, u o‘tgan davr mobaynida 46 golda ishtirok etgan. Ikkinchi o‘rinda «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn joylashgan – 38 ochko.

Aguero uchun esa bu o‘yindagi gol «Siti» safidagi 148-gol bo‘ldi va u endi Angliyada bir klub uchun urilgan gollar soni bo‘yicha afsonaviy Alan Shirer bilan tenglashib, uchinchi o‘rindan joy oldi.

«Siti» endi turnir jadvalida «Liverpul»ni quvib o‘tgan. Keyingi turda Gvardiola shogirdlari «Liverpul» maydoniga safar qiladi va bu o‘yin 6 ochkolik o‘yin bo‘ladi. 

Keyn qaytdi

Haddersfild – Tottenhem 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 25 Keyn, 0:2 – 34, penalti Keyn.
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Shindler (Mbenza, 71), Kongolo (Xaderdjonay, 29), Durm, Muy, Xogg, Billing, Leve, Pritchard (Mune, 85), Depuatr.
Tottenhem –  Gassaniga, Alderveyreld, Sanches, Vertongen (Vanyama, 46), Tripper, Dayyer, Dembele (Uinks, 46), Rouz, Lukas Moura, Son Xin Min (Sissoko, 90), Keyn.
Ogohlantirishlar: Yorgensen (44), Rouz (67), Uinks (81), Billing (86).

«Haddersfild» «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn uchun qulay raqib hisoblanadi. U bu jamoa maydonida o‘tgan mavsumda o‘tkazilgan ikki o‘yinda 4 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. «Shporlar»ning vaqtinchalik sardori bo‘lmish bu hujumchi to‘purarlik salohiyatini namoyish etsa, vaqti kelib Angliyada bir klub safida gol urish bo‘yicha yetakchi Ueyn Runiga ham tenglashib olishi mumkin. U hozircha joriy mavsumda 7 o‘yinda 5 gol urdi. APLdagi 6 mavsumda «Tottenhem» uchun urilgan gollar soni esa 113tani tashkil qilmoqda.

 

Starrij «Liverpul»ni qutqardi

«Chelsi» - «Liverpul» - 1:1 (1:0)
Gollar: Azar, 25 (1:0). Starrij, 89 (1:1).
«Chelsi»: Arrisabalaga, Aspilikueta, David Luiz, Ryudiger, Alonso, Kovachich (Barkli, 81), Kante, Jorjinyu, Villian (Mouzes, 73), Azar, Jiru (Morata, 65).
«Liverpul»: Alisson, Aleksandr-Arnold, Gomez, van Deyk, Robertson, Henderson (Keyta, 78), Veynaldum, Milner (Starrij, 86), Saloh (Shaqiriy, 66), Roberto Firmino, Mane.
Ogohlantirishlar: Mane, 39. Milner, 77.
Hakam: Marriner (Angliya).
29 sentabr. London. «Stamford Bridge» stadioni.

Yana Azar
«Chelsi» va «Liverpul» muxlislariga bir vaqtning o‘zida ham havas qilish, ham achinish mumkin. Bir tomondan taqvim ularga 4 kun ichida o‘z sevimlilarining 2 o‘yinini kuzatish imkonini berdi. Boshqa tomondan o‘zaro uchrashuvdagi durang natija boshqa bir uchinchi jamoa - Gvardiolaning «Manchester Siti»si birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishini ta'minladi. Lekin bu jamoalarning to‘qnashuvi Angliyada maqomi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi turnir - Angliya Ligasi Kubogini ham tomoshabop qilib berdi. Maurisio Sarri va Yurgen Klopp kubok o‘yinida aralash tarkibni o‘ynatishgan bo‘lsa, «Stemford Brij»da kechgan 7-tur uchrashuvida barcha yulduzlar jamlangandi. Jumladan, oxirgi vaqtlarda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan Ryudiger va van Deyk ham.

«Chelsi» hujumida ilk daqiqalardanoq Jiru harakat qildi. Mersisaydliklar jamoasida esa Lovren hali safga qaytmadi va uning o‘rnida yana Gomes harakat qildi. Ammo u asosiy vazifasini bajara olmadi - Azarni to‘xtatib qololmadi.

Sarrining ishonch bilan aytishicha, bu belgiyalik futbolchi hali to‘liq kuch bilan o‘ynamayapti va mavsum davomida yanada kuchayib, 40ta gol ura olishi mumkin. U Eden jahonning eng kuchli futbolchisi sifatida tan olinishiga ishonmoqda. Quyidagi gol bu so‘zlarni dalillaydi.

Saloh hamon pasayishda
O‘tgan mavsumda «Liverpul» safida deyarli barcha o‘yinlarda gol urgan Muhammad Saloh bu mavsumda formasiga qayta olmayapti. U «Chelsi»ga qarshi o‘yinda bir necha bor qulay vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi. U ko‘p vaziyatlarda juda sekin harakat qilmoqda va himoyachilar hamda darvozabon o‘z pozitsiyalarini egallashga ulgurishmoqda.

Salohda omadsizlik davom etayotgan bo‘lsa, jamoaning boshqa futbolchilari ochilishmoqda. Mane va Roberto Firmino o‘tgan o‘yinlarda Saloh o‘yinidagi pasayishni bilintirishmagandi. Mane «Chelsi»ga qarshi o‘yinda ko‘p marta himoyachilarga yordam berdi va raqib qarshi hujumlarini to‘xtatib turdi.

Starrijning yangi qirralari
Ikkinchi bo‘limda londonliklar jamoasi himoyaviy o‘yin ko‘rsata boshladi. Qizil libosli futbolchilar mezbonlarning jarima maydonini qamal qilishdi. Lekin himoyani yorib o‘tishning imkoni bo‘lmasdi. Manening bir necha urinishlari Aspilikueta tomonidan to‘xtatildi. 

Kloppning sabri to‘ldi va maydondagi eng keraksiz futbolchiga aylangan Salohni almashtirib tashladi. Uning o‘rnini egallagan Shaqiri faollikni oshirdi, uning bir zarbasi darvoza to‘sini yonidan o‘tib ketdi.

Keyin Firminoning bosh bilan bergan zarbasi darvozaga kirishiga bir baxya qoldi. To‘pni darvoza chizig‘i ustida David Luiz qaytarib qoldi. Agar hisob o‘zgarmay qolganida barcha mersisaydliklarning omadsizliklarini eslab yurgan bo‘lardi. Ammo Starrij o‘zini eslab yurishlariga majbur qildi. Odatda jarima maydoni ichida harakatlanadigan, Olive Jiru tipidagi hujumchi sifatida qaralgan (u ham zaxiradan tushib 17ta gol urgan) Starrij to‘pga ajoyib trayektoriya birib, Kepani befoyda sakrashga majbur qildi - to‘p darvozaning olis burchagiga borib joylashdi.

U o‘zining 50-golini muxlislar uzoq vaqt eslab yuradigan taxlitda urdi. 

Bu durang natijadan keyin ikki murabbiy ham bir-biriga jilmaygancha qo‘l tashladi. Bu vaqtda o‘yinni televizor qarshisida tomosha qilgan Xosep Gvardiolaning yuzida ham tabassum edi.

Tur o‘yinlari
29 sentabr

Vulverhempton – Sauthempton 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 79 Kavaleyru, 2:0 – 87 Kastro.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Moutinyu, Ruben Nevesh, Kastro, Elder Koshta (Traore, 53), Diogu Jota (Kavaleyru, 77), Ximenes (Leo Bonatini, 90).
Sauthempton – Makkarti, Soaresh, Vestergor, Xudt, Bertran, Elyunussi (Armstrong, 71), Lemina, Xeyberg, Redmond, Ostin (Gabbyadini, 77), Ingz.
Ogohlantirishlar: Bertran (50), Diogu Jota (51), Kastro (57), Traore (74).

Everton – Fulhem 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 56 Sigurdsson, 2:0 – 66 Tosun, 3:0 – 89 Sigurdsson.
Everton – Pikford, Kenni, Kin, Zuma, Din, Devis, Guyye, Uolkott, Sigurdsson (Shnayderlin, 90), Risharlison (Bernard, 88), Kelvert-Lyuin (Tosun, 55).
Fulhem – Bettinelli, Fosu-Mensa (Kristi, 8), Odoi, Rim, Brayyen, Vetto (Kerni, 64), Zambo-Angissa, Seri (Ayite, 84), Sessenon, Shyurrle, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Kristi (29), Odoi (51), Mitrovich (53).

Nyukasl – Lester 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30, penalti Vardi, 0:2 – 73 Maguayr.
Nyukasl – Dubravka, Yyedlin (Mankilo, 80), Lassels, Klark, Kenedi, Ritchi (Merfi, 65), Diame, Shelvi, Atsu, Peres (Muto, 69), Xoselu.
Lester – Shmeyxel, Amarti, Morgan, Maguayr, Chiluell, Mendi, Ndidi, Rikardu Pereyra, Ixeanacho, Meddison (Iborra, 85), Vardi (Olbrayton, 74).

30 sentabr
Kardiff – Byornli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 51 Gudmundsson, 1:1 – 60 Merfi, 1:2 – 70 Vouks.
Kardiff – Eteridj, Manga, Morrison, Bamba, Kanningem, Kamarasa, Arter, Rolls (Medin, 79), Merfi, Paterson, Zoxore (Uord, 71).
Byornli – Hart, Louton, Tarkovski (Long, 27), Mi, Teylor, Gudmundsson, Kork, Vestvud, Lennon, Vydra (Vud, 72), Vouks.
Ogohlantirishlar: Vestvud (45), Kanningem (69), Louton (87), Lennon (90).

1 oktabr
Bornmut – Kristal Pelas

Turnir jadvali

 

Mavzuga oid