Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston: Tadbirkorlarga hujjatlarda muhr qo‘llamaslikka ruxsat berildi
Qozog‘istonda davlat organlariga xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli yuridik shaxslarning hujjatlarida muhr talab qilish taqiqlandi. Respublika Adliya vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Biznes tejash imkoniga ega bo‘lishi uchun Tadbirkorlik kodeksiga tuzatishlar kiritildi. Endi hujjatlarni tasdiqlash uchun xususiy tadbirkorlik sub'yektlari muhrdan foydalanishga majbur emas, mas'ul shaxs imzosining o‘zi yetarli.
Shu bilan birga, muhrdan foydalanish ham taqiqlanmagan.
"Xususiy tadbirkorlik sub'yektlari o‘z faoliyatida muhrdan foydalanish yoki o‘z xohishiga ko‘ra undan voz kechish huquqiga ega. Muhrdan foydalanmaslik huquqi xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining davlat organlari va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi", - deya izoh berilmoqda vazirlikda.
Shuningdek, tuzatishlarga ko‘ra, davlat organlari, moliyaviy tashkilotlar, shu jumladan ikkinchi darajali banklar muhrni hujjatning majburiy elementi sifatida talab qilish huquqiga ega emas. Ular xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining faqat vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarini qabul qilishga majbur.
Qozog‘iston Adliya vazirligida izoh berilishicha, biznes yuritishni soddalashtirishni ta'minlashda tuzatishlar Jahon banki, shuningdek AQSh, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Finlyandiya va Gruziya mamlakatlari tavsiyalariga asoslangan.
Mavzuga oid
13:07 / 20.05.2025
YeI Shengen chegaralarida muhr qo‘yishni bekor qilishga kelishib oldi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025