Jahon | 11:08 / 03.10.2018
21560
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiy universitet hurmat taxtachasida Skripalni zaharlagan shaxsning surati aniqlandi

Foto: Youtube /S6g65

Internet foydalanuvchilari Rokossovskiy nomidagi Uzoq Sharq oliy harbiy umumqo‘shin qo‘mondonlik maktabining «bitiruvchi-qahramonlar» hurmat taxtachasida Anatoliy Chepiganing suratini aniqlashdi. Stenddagi fotosurat «Odnoklassniki» foydalanuvchilaridan birining «DVOKU 92 — 25 yil safda» nomli albomida e'lon qilindi. Dastlab «Dvach» imijbordi foydalanuvchilari suratlarga e'tibor qaratishdi.

Bundan tashqari, albomning keyingi suratida Sovet Ittifoqi va Rossiya Qahramonlari nomi yozilgan stela fonida bir guruh shaxslar tasvirlangan. Rossiya Qahramonlari ro‘yxatida A.V.Chepiga ham bor.

Avvalroq, «Novaya Gazeta» Chepiga Qrim Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirganidan so‘ng Rossiya Qahramoni unvonini olgani haqida xabar bergandi.

Britaniya ommaviy axborot vositalarining fikricha, aynan Sergey Skripalni zaharlashda gumonlanayotgan Ruslan Boshirovning haqiqiy familiyasi aynan Chepigadir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chepiganing sobiq qo‘mondoni bayonot bergandi.

Mavzuga oid