Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yosh o‘zbek tadqiqotchisi iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi yangi model yaratdi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish kafedrasi tayanch doktoranti Behzod To‘xtayev iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi yangi model yaratdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Behzod To‘xtayevning aytishicha, mazkur model dasturi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi. Dastur ixtirochi nomi bilan “To‘xtayev modeli” deb ataldi.

“Ushbu model iqtisodiyotning barcha tarmoqlari: qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish turlari, sanoat kabilardagi mavjud iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi orqali iqtisodiy o‘sishni aniqlaydi. O‘z navbatida, har bir tarmoqdagi iqtisodiy o‘sishni ham ko‘rsata oladi. Buning uchun o‘sha tarmoqni tashkil etuvchi yo‘nalishlardagi ma'lumotlar bo‘lsa kifoya. Dastur mamlakatning yaxlit iqtisodiy tizimini (real sektorni) qamrab olish imkoniyatiga ham ega. Dastur chiziqsiz-darajali funksiya asosida hisoblash ishlarini olib boradi,” – deydi Behzod To‘xtayev.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
10:21 / 22.04.2025