Jahon | 08:00 / 05.10.2018
10076
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti jiddiy kasallik sababli iste'foga ketishi mumkinligini ma'lum qildi  

Foto: Noel Celis/AFP via Getty Images

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte o‘zini yomon his qilayotganini ma'lum qilib, agar unda jiddiy kasallik aniqlansa, lavozimini tark etishga va'da berdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Men hozircha sog‘lig‘im qanday holatdaligini bilmayman, buning uchun natijalarni kutishim kerak”, deb aytgan 73 yoshli Duterte Filippin harbiy akademiyasi bitiruvchilari bilan uchrashuvda.

U yaqinda Barrett sindromi (qizilo‘ngachning saratonoldi kasalligi) zo‘raygani sababli shifoxonaga tushganini tan olgan. Filippin rahbari, shuningdek, har kuni bosh va umurtqadagi og‘riqlardan aziyat chekayotganini ma'lum qilgan.

“Agar bu saraton bo‘lsa, taqdirga tan berishdan boshqa iloj yo‘q. Agar bu uchinchi bosqich bo‘lsa, davolanmayman. Men bu yoki boshqa lavozimda talvasani uzaytirmayman”, deb aytgan Duterte.

Filippin prezidenti o‘z lavozimini 2016 yildan beri egallab keladi. Uning prezidentlik vakolatlari muddati 2022 yilda yakunlanadi. 

Filippin konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident jiddiy kasalliklari haqida jamoatni xabardor qilishi lozim. Prezident iste'foga ketsa, uning o‘rnini vitse-prezident egallaydi.

Mavzuga oid