Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport vaziri aholi bilan birga badantarbiya mashqlarini bajardi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 20 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda “Ta'lim muassasalari haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla haftaligi”, “Nuroniylar haftaligi”, “Yoshlar haftaligi” kabi shiorlar ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazish vazifasi berilgan edi.
Shunday haftaliklardan birinchisi bo‘lgan “Yoshlar sport haftaligi” O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida namuna tarzida tashkil etildi. Haftalik davomida sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘yinlar tashkil etilib, ularda 200 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etib, haftaliklarda ishtirok etuvchilar qamrovini kengaytirish uchun samarali mexanizmlar qo‘llanilishi lozimligi, mazkur hududda to‘plangan tajriba asosida respublikaning barcha hududlarida haftaliklarni tashkil etilishini ta'kidladi.
Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sportni ommalashtirish uchun targ‘ibot ishlari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli mahalliy telekanallar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag‘ishlab alohida ko‘rsatuv tayyorlanib, unda vazir D.Nabiyev mahalliy aholini qiziqtirgan savollar javob berdi. Shuningdek, vazirlik tomonidan qoraqalpoq tilida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan 10 ta ijtimoiy rolik tayyorlanib, mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilmoqda.
Dilmurod Nabiyev respublikada aholi uchun mavjud sport inshootlaridan istalgan payti foydalanish imkoniyatining yaratilish holatini ham o‘rgandi. Jumladan, Nukus shahridagi sport inshootlarida barcha yoshdagi insonlar uchun tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini kuzatdi va o‘zi ham ular bilan birgalikda bajardi. Vazir mahallalardagi sport bilan oshno bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlar bilan ham suhbatlashib, ularning aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga qiziqtirish bo‘yicha fikrlari bilan qiziqdi.
Tashrif davomida vazir D.Nabiyev Qoraqalpog‘istonning eng olis hududi bo‘lgan Qo‘ng‘irotdagi “Qoraqalpog‘iston” shaharchasi (Karakalpakiya)ga borib mavjud sport inshootlarining holati bilan tanishdi.
Yakunda mahalliy hokimliklar mutasaddilari, hududiy boshqarma va sport ta'limi muassasalari rahbarlar bilan jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, ommaviy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va eng chekka hududlarda ham inshootlar qurish ham mavjudlarini ta'mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024