Jahon | 14:35 / 05.10.2018
24342
1 daqiqa o‘qiladi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti poraxo‘rlik uchun 15 yilga qamaldi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bak poraxo‘rlik uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
2008 yildan 2013 yilgacha prezidentlik lavozimini egallagan Janubiy Koreya sobiq rahbarini turli kompaniyalar, jumladan, Samsung’dan pora sifatida 10 million dollar miqdorida pul olishda ayblashmoqda. Li Myon Bakning o‘zi qo‘yilgan ayblarni inkor etyapti.
Li Myon Bak qamoqqa tushib qolgan Janubiy Koreyaning to‘rtinchi prezidenti bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xening qamoq muddati 25 yilgacha oshirilgandi.
Mavzuga oid
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024